Oliy sud taqiqlangan diniy-ekstremistik manbalar ro'yxatini yangiladi, ularning soni bu safar 1915 ta
O'zbekiston Oliy sudi 13 iyul holatiga ko'ra internetdagi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan deb topilgan hamda O'zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etilishi taqiqlangan manba va kontentlar ro'yxatini yangiladi. Shundan: So'nggi yangilanish shu yilning aprel oyida bo'lgandi va o'shanda ro'yxatda 1800 dan ortiq kanal, sahifa va materiallar tilga olingandi. Yil hisobida bu ro'yxat 3-marta yangilanmoqda (qarang: 10 yanvar).